2013-yil
25-30 – avgust kunlari Samarqand
shahrida o’tkaziladigan “Sharq taronalari” IX xalqaro musiqa festivaliga 60 ga yaqin mamlakat san’atkorlari
ishtirok etadi. “Sharq taronalari” IX xalqaro musiqa festivali ijrochi
direktori To’rabek Mahmudov so’zlariga ko’ra, 1997 – yildan buyon Samarqandda
har ikki yilda muntazam o’tkazib kelinayotgan mazkur musiqa anjumanining
qamrovi va qatnashchilari safi tobora kengayib bormoqda. Agar dastlabki
festivalda 31 mamlakat vakillari qatnashgan bo’lsa, bu yil ularning soni 60 ga
yaqinlashdi. Hozirda ushbu festival mehmonlarini kutib olish va konsert
dasturlarini yuqori saviyada o’tkazish bilan bog’liq tashkiliy ishlar
yakunlanmoqda. Unda O’zbekiston nomidan ishtirok etadigan yurtimiz san’atkorlari,
folklore va xoreografik ansambllari festivalga qizg’in hozirlik ko’rishmoqda. Festival doirasida “Sharq
musiqa an’analari zamonaviy madaniyat tizimida” mavzusida ilmiy konferensiya
ham o’tkaziladi.
Маълумот учун рахмат.
ОтветитьУдалить