вторник, 30 июля 2013 г.

Raqslar jilosi "Sharq taronalari"da


Toqqizinchi bor otkaziladigan Sharq taronalarixalqaro musiqa festivaliga joriy yil har galgidanda qizgin hozirlik korilmoqda. Jumladan, asosiy sahna chiqishlariga yurtimizning kozga koringan rejissyorlari, sanat va raqs ustalari munosib tayyorlanmoqdalar.
“Sharq taronalari” 9-xalqaro musiqa festivaliga qizg’in tayyorgarlik ko’rilmoqda. Festivalning ochilish marosimidagi dasturidan asosan o’zbek klasskik hamda folklyor etnografik yo’nalishidagi badiiy chiqishlar o’rin olgan. Festivalning ochilish marosimidagi jozibali raqslarni Toshkent, Navoiy, Farg’ona va Samarqand xoreografiya maktabi raqqosalari ijro etishadi. Sug’diyona milliy raqs ansambli a’zolari bu yilgi festivalda 3 – marotaba ishtirok etishadi. Ansambl a’zosi Charos Ibragimovaning so’zlariga ko’ra festivalning nufuzi va raqs yo’nalishlari yildan yilga boyib bormoqda. Ansambl a’zolari viloyat konsert zalida festivalning asosiy sahna chiqishlariga tayyorgarlik ko’rishmoqda.  Bu yil Mukaramma Turg’unboyevaning 100 yilligiga bag’ishlab Samarqand bahori raqsi mexmonlar e’tiboriga xavola etiladi.   Ushbu raqsda o’zbek xalqining milliy urf-odatlari, to’y marosimlari sahnada gavdalantiriladi. Bugun festivalga tayyorgarlikni raqqosa qizlar bir zum bo’lsada to’xtatmasdan bor mahoratlarini ishga slogan holda olib borishmoqda. Har bir raqsdagi harakatlarni ansambl raxbari Feruza Axatova boshqarib bormoqda. 16 nafar raqqosalar 30 dan ziyod, milliy yo’nalishdagi tinchlik, istiqlolni tarannum etuvchi qo’shiqlarga raqsga tushishadi. Ayni kunlarda Xamid Olimjon nomidagi viloyat musiqali drama teatri, viloyat konsert zali hamda Registon maydonlarida “Sharq taronarlari” ga tayyorgarlik ishlari qizg’in olib borilmoqda.


Комментариев нет:

Отправить комментарий