18-20 avgust kunlari Ukrainaning Artekida bo’lib o’tgan “Детская
Новая волна - 2013” Xalqaro yosh va mashhur ijrochilar
musiqa tanlovi o’z nihoyasiga yetdi. Mazkur xalqaro tanlovda yurtimiz sharafini 13 yoshli Sabina
Mustayeva himoya qildi. 11
mamlakatdan tashrif buyurgan 16 ta yosh vokal ijrochilari orasida 195 ball bilan
u uchinchi o’rinni zabt etdi. Birinchi pog’onani ukrainalik 12 yoshli Sofiya
Tarasova, ikkinchi o’rinni esa litvalik Paulina Skrabite va rossiyalik Diana
Xitarovalar egallashdi.
Bu yil yosh
ijrochilarning iste’dodini bastakor, Rossiya va Ukraina xalq artisti, Rossiya
federatsiyasida xizmat ko’rsatgan san’at arbobi Igor Krutoy, Alessandro Safina,
Konstantin Meladze, Ani Lorak, Irina Dubsova, Sergey Lazarev va Yuliya Savichevalar
baholashdi. 13 yoshli toshkentlik Sabina Mustayeva - “Istedodli bolalar - 2011” tanlovining Gran Pri
sohibasi, shuningdek u “Yulduzli Krim” xalqaro tanlovida ham birinchi o’rinni
egallagan, Estrada va akademik ijrochilik respublika tanlovi laureati, muziqa
maktab o’quvchilari o’rtasida o’tkazilgan “Mardlar qo’riqlaydi vatanni”
tanlovida Gran Pri soxibasi. Uning orzusi Bostondagi “Berklee College
of music” kirib, jahon miqyosidagi qo’shiqchi bo’lish. "Детская Новая волна – 2013” tanlovida ishtirok
etish qarori uning o’ziga tegishli. O’zi haqida u shunday dedi: “Men avvalgi
tanlovlarni ham kuzatganman, tanlovning musiqa formati menga tushunarli bo’ldi.
Tanlovda o’z kuchimni sinab ko’rmoqchi bo’ldim. Men juda kichkinaligimdan
musiqaga qiziqaman. Mening istetodimni buvam sezib qolganlar. Buvam professional
musiqachi va saksafonchi. Orzuim ilk albomimni “Qo’shiq kuylayotgan qizcha…”
deb nomlash”.
Комментариев нет:
Отправить комментарий