2013 – yil 26 – avgust kuni men uchun tarixiy kunlardan biriga aylandi. Chunki
bugun men yoshligimdan eshtib katta bo’lgan ovoz sohiblari bilan uchrashuv
uyushtirildi. Kecha men bizning media oromgohga sport muhbirlari: Mirzakarim To’xtamirzayev,
Davron Fayziyev, Kamoliddin Alimov, Norbek Niyozov va Behzod Nazarovlar tashrif
buyurishi eshtib juda xursand bo’lib ketdim va erta bo’lishini intiqlik bilan
kuta boshladim.
Mana bugun soat 11:00 biz
sport muxbirlari bilan uchrashuvga yig’ildik. Ular birin-ketin mashinadan
tushishlari bilan hamma ortga o’girilib ularga qaray boshladi. Rostini aytganda
men ulardan faqat Davron Fayziyev va Mirzahakim To’xtamizayevlarni tanir edim
va aynan ular bilan bo’ladigan suhbatni kutayotgandim. Ular orasida eng yoshi
ulug’ va tajribalisi Mirzahakim To’xtamirzayev kirib kelishi bilan so’z
boshladi. Nafaqat men balki barcha futbolga qiziqadigan ishtirokchilarga ham bu
ovoz begona emas edi. U kishi birinchi bor jurnalistikaga 1974 - yil 14 yoshlarida “Lenin uchquni” gazetasi
xodim bo’lib kirib kelgan ekanlar. Mehmonlar tanishtirilib o’tilganidan so’ng
ularga savollar berish boshlandi. Savollar juda ham ko’p edi. Menga eng yoqqan
va shaxsan o’zim ham bermoqchi bo’lgan savolni mendan oldin bir ishtirokchi berdi. Bu sizlar qaysi futbol jamoasi muxlisisizlar degan savol edi.
Birinchi bo’lib bu savolga
Mirzahakim To’xtamirzayev shunday javob berdi: “Bilasizmi, avvalambor men
Bunyodkor jamoasida ishlayman, lekin shunga qaramay men yoshligimdan Paxtakor
klubi muxlisiman va muxlisi bo’lib ham qolaman. Jahon klublariga keladigan bo’lsak
yoshligimdan Moskvaning ЦСКА jamoasiga muxlislik qilaman”.
Ikkinchi bo’lim mazkur savolga “Sport” telekanali muxbiri Davron Fayziyev: “ Men ham Mirzahakim akaga o’xshab yoshligimdan Paxtakor klubi muxlisiman. Jahonda esa Ispaniya chempionatini juda yaxshi ko’raman” deb javob qaytardi.
Uchinchi bo’lib “Paxtakor”
klubi matbuot kotibi Behzod Nazarov: “ Avallambor men Neftchi klubi muxlisiman. Chunki o’zim asli
Farg’onalikman. Jahon klublaridan esa Ispaniyaning Real Madrid jamoasi ashaddiy
muxlisiman” deb aytib o’tdi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий