Samarqand shahrida “ Sharq taronalari” IX Xalqaro musiqa Samarqand shahrida "Sharq taronalari” to‘qqizinchi Xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik ishlari so‘nggi bosqichga kirdi. Joriy yil ushbu nufuzli xalqaro madaniy tadbirda dunyoning oltmishga yaqin mamlakati vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Joriy yilda o‘tkaziladigan Sharq taronalari
xalqaro musiqa festivalining ochilish marosimida yurtimiz va xorijdan 500 dan ortiq
taniqli san’atkorlar, yigirmaga yaqin badiiy jamoalar hamda raqs guruhlari ishtirok
etishadi. Xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan mehmonlarga Samarqand davlat chet
tillari institutidan tanlab olingan 150 nafar gid-tarjimonlar xizmat ko‘rsatishadi.
1997 yilda o‘tkazilgan Sharq taronalari musiqa festivalida 31 mamlakat vakillari
ishtirok etgan bo‘lsa, joriy yilda ularning soni 52 taga etdi. Festivalda taqdim
etilgan dasturlarni dunyoning 11 ta davlatidan kelgan nufuzli hakamlar xay’ati a’zolari
baxolab boradilar. Sharq taronalari musiqa anjumani ochilishi va uning faoliyatini
o‘ttizga yaqin xorijiy va 200 dan ziyod mahalliy jurnalistlar yoritishadi. Festival
doirasida tashkil etiladigan ilmiy amaliy konferensiyada yigirmaga yaqin sharq mamlakatlaridan
o‘ttiz nafar soha mutaxassislari va san’atshunoslar ishtirok etishadi. Festival
mehmonlari Samarqand shahrining "Regal palas”, "Diyora”, "Ideal”,
"Nodir Samarqand”, "Ark Samarqand”, “Afrosiyob Palas”, “Registon Plaza”,
“Registon” mehmonxonalarida joylashadilar. Musiqa anjumani ishtirokchilari viloyatimizning
Samarqand, Oqdaryo, Pastdarg‘om, Jomboy tumanlari mehnatkashlari huzurida bo‘lib
ular bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazishadi. Shahardagi ko‘cha va xiyobonlar, tadbirlar o‘tkaziladigan maskanlar, mehmonxonalarda keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Registon maydonida festivalning asosiy tadbirlari o‘tkaziladigan sahna va amfiteatr tashkil etildi. Samarqand shahrining markaziy ko‘chalari, xiyobon va maydonlar, festival tadbirlari o‘tadigan joylar zamonaviy tungi yoritish moslamalari bilan bezatilmoqda.
Xalqaro festival kunlarida Registon maydonida namoyish etish uchun shirinliklar, quruq mevalar, poliz mahsulotlari va mevalar, Samarqand nonlari, hunarmandchilik mahsulotlaridan iborat kompozitsiya tayyorlanmoqda. Ishtirokchilarning tuman va shaharlarda aholi bilan ijodiy uchrashuvlarini tashkil etish maqsadida Samarqand shahridagi "Mo‘jiza” amfiteatri, "Yoshlik” madaniyat va istirohat bog‘i, Samarqand pedagogika kollejining "Nihol” amfiteatri, 1-bolalar musiqa va san’at maktabi, Pastdarg‘om tumanidagi "Yoshlar” madaniyat va istirohat bog‘i, Oqdaryo tumanidagi "Qirqdarxon” mahalla markazi, Jomboy tumanidagi 10-bolalar musiqa va san’at maktabi, Samarqand tumanidagi "Obod turmush” mahalla markazida zarur shart-sharoitlar yaratildi. Festival doirasida "Sharq musiqa an’analari zamonaviy madaniyat tizimida” mavzusida ilmiy konferensiya o‘tkaziladi. Samarqanddagi tarixiy obidalar, ziyoratgohlar, muzeylar va istiqlol yillarida bunyod etilgan zamonaviy inshootlarga sayohatlar uyushtiriladi.
Shu maqsadda bayram tadbirlari o‘tadigan xududlarda,
xususan, istirohat bog‘lari, madaniyat saroylari hamda o‘yingohlarda yong‘in o‘chirish
takttik mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. Kuni kecha musiqa festivali bo‘lib o‘tadigan
asosiy maydon, Registon ansamblida Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi raxbariyati,
yong‘in o‘chirish tezkor shtabi xodimlari ishtirokida yong‘in o‘chirish taktik mashg‘uloti
o‘tkazildi. Unda har bir hududning texnik va taktik harakteri, xususiyatlari, yong‘inga
bardoshliligi o‘rganib chiqildi. Favfqulotda sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etish
maqsadida tezkor yong‘in o‘chirish shtabi buyrug‘i bilan Samarqand shahridan 1 chi,
3 chi hamda 9 chi harbiylashgan yong‘in o‘chirish jangovor ekipajlari chaqirilib,
shaxsiy tarkib jangovorligi, bilim va ko‘nikmalari yana bir bor sinovdan o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida sodir bo‘lgan yong‘indan jabrlanganlarni qutqarish va ularga
tez-tibbiy yordam ko‘rsatish kabi amaliy tadbirlar ham o‘tkazildi. Mashg‘ulot yakunida
erishilgan yutuqlar, ko‘rsatgichlar muhokama etilib, zarur ko‘rsatmalar berildi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий