пятница, 1 ноября 2013 г.

Hayot uchun...

“Hayot uchun” ko’krak bezi saratoni milliy uyushmasi, “Ayollar kengashi” respublika jamoat birlashmasi Respublika Sog’liqni saqlash vazirligi ko’magida, “Salus Vita”, “MDS-servis” tibbiy sog’lomlashtirish markazlari, AJ “Dori Darmon” hamkorligida o’tkazilayotgan ayollarni bepul tibbiy ko’rikdan o’tkazish 2013 – yilning 1 – noyabr kuni Samarqand shahridagi X.Nasimova tibbiyot markazida bo’lib o’tdi.



















понедельник, 21 октября 2013 г.

Style.uz mehmonlari ko'hna Samarqandda

"O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi tomonidan "O‘zbekkino” milliy agentligi ko‘magida Style.uz San’at haftaligi doirasida joriy yilning 19-24 oktyabr kunlari "Oltin gepard” uchinchi Toshkent xalqaro kinoforumi o‘tkazilmoqda.

Kinoforumning nufuzli komissiyasi a’zolari xorijlik ekspertlar ishtirokida 500 dan ortiq to‘liq va qisqa metrajli hamda animatsion filmlarni ko‘rib chiqib, saralab olishdi. Kinoforum ishtirokchilarining bir guruhi Samarqand shahriga tashrif buyurishdi. Tashrif doirasida Samarqand kinoteatrida "Poyga” filmining premerasi ham o‘tkazildi.