Shu kunlarda Samarqand shahrida "Sharq
taronalari" 9-xalqaro musiqa festivali bo‘lib o‘tdi. Unda jahonning 50dan ziyod
mamlakatlaridan san’atkorlar ishtirok etdi.
1.
Samarqanddagi
Registon maydonida 1997 yildan buyon har ikki yilda bir marotaba o‘tkazib kelinayotgan
"Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali 25-30 avgust kunlari to‘qqizinchi
bor nishonlandi.
2.
YUNESKO ishtirokidagi
tashkil etiladigan ushbu yirik musiqa tadbirida bu yil 50dan ziyod mamlakat vakillari
qatnashdi. Ilk bor o‘tkazilgan musiqiy festivalda 31 davlat vakillari qatnashgan
bo‘lsa, 2011 yilga kelib ishtirokchi davlatlar soni 56 taga etdi. 2013 yilgi festivalda
ishtirok etish bo‘yicha eng ko‘p so‘rov Hindistondan tushgan bo‘lib (26ta), Erondan
13ta, Ozarbayjondan esa 5ta ariza kelgan.
3.
Festival dasturidan
an’anaviy vokal va milliy an’anaviy instrumental musiqa bo‘yicha ijrochilik mahorati
tanlovlari o‘rin olgan. Bundan tashqari, festival doirasida Sharq musiqa an’analariga
bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi.
4.
"Sharq
taronalari”da raqqosalar chiqishi baletmeyster va pedagog Mukarrama Turg‘unboevaning
100 yillik to‘yiga bag‘ishlandi. Bosh baletmeyster, O‘zbekiston xalq artisti Ravshanoy
Sharipovaning ma’lumot berishicha, konsert dasturida Farg‘ona, Navoiy, Samarqand
viloyatlari hamda Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabidan eng
iqtidorli va mahoratli to‘rt yuzga yaqin raqqosalar taklif etildi.
5.
Konsert dasturiga
O‘zbekiston xalq artisti Bahodir Yo‘ldoshev rejissyorlik qildi. Festivalning ochilish
marosimida elimizning ardoqli san’atkorlari, O‘zbekiston xalq artistlari Munojot
Yo‘lchieva, Beknazar Do‘stmurodov, Zulayho Boyxonova, Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekistonda
xizmat ko‘rsatgan artistlar Gulsanam Mamazoitova, Alisher Fayz, Malika Egamberdieva
µamda milliy va estrada yo‘nalishida ijod qilayotgan boshqa xonandalar ishtirok
etishdi.
6.
Shahardagi muzeylar, milliy hunarmandchilik markazlari
yangi ekspozitsiyalar bilan boyitildi. Festival kunlari milliy cholg‘u asboblar
ko‘rgazmasi hamda tarixiy liboslar namoyish etildi.
7.
Festival doirasida
yosh ijodkorlar, san’atshunos olimlar va tadqiqotchilar ishtirokida Sharq xalqlari
musiqa merosiga oid ilmiy anjuman ham o‘tkazildi.
8.
To‘qqichinchi
bor o‘tkazilayotgan "Sharq taronalari” musiqa festivali ishtirokchilari: Gohar
Oganesyan — Armaniston, "Shirvan” mugam guruhi — Ozarbayjon, Triinu Taul, yakkaxon
xonanda — Estoniya, Sayak Barua, yakkaxon sozanda — Hindiston, "Kerulen” guruhi
— Qozog‘iston, "Assurd” guruhi — Italiya, Xitoy Milliy opera va raqs drama
teatr orkestri — Xitoy, "Sorixuyun Kayagim Byungchangdan” guruhi — Janubiy
Koreya, "Diyuta” guruhi — Litva, "Takideda” kvartet — Madagaskar, Sanam
Marvi– yakkaxon xonanda — Pokiston, Ana Alkaide — Ispaniya, "Katch Pop String-Strong”Duet
— Avstriya-Serbiya, "Bangladesh Shilpakala Akademiyasi” guruhi — Bangladesh,
Milliy folklor dastasi — Misr, "Astrodjorjiya” guruhi — Gruziya, Rashmi Agarval
– xonanda — Hindiston.
9.
Festival tashkilotchilari
"Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining asosiy ta’sischilari quyidagi
tashkilotlar hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport
ishlari vazirligi;
"O‘zbeknavo” estrada-birlashmasi;
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi;
O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi;
Samarqand viloyati hokimligi.
10. Tanlov g‘oliblari uchun Festival tashkiliy
qo‘mitasi tomonidan quyidagi mukofotlar ta’sis etilgan:
Gran-Pri – 10.000 ming AQSH dollari;
1 - mukofot (2 ta) har biri 7.000 AQSH dollaridan;
2 - mukofot (2 ta) har biri 5.000 AQSH dollaridan;
3 - mukofot (2 ta) har biri 3.000 AQSH dollaridan.
Ijodiy uyushmalar, jamg‘armalar,
xalqaro va boshqa tashkilotlar maxsus mukofotlarini ta’sis qilishlari mumkin. Tanlovning
har bir ishtirokchisiga maxsus diplomlar topshirildi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий