Samarqand shahrida "Kelajak
ovozi – 2013” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi
o‘tkazildi."O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi tomonidan
"Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Kelajak ovozi” respublika ko‘rik-tanlovining
viloyat bosqichi yuqori saviyada tashkil etilib, unda 6500 nafardan ziyod yigit-qiz
qatnashdi.
Tanlovning
saralash bosqichlarida arxitektura va dizayn, axborot texnologiyalari, ratsionalizatorlik
takliflari va texnik ishlanmalar, an’anaviy va amaliy san’at, badiiy ijod va publitsistika
yo‘nalishlarida g‘olib bo‘lgan 1000 nafarga yaqin yoshlar viloyat bosqichida yana
bir bor sinovdan o‘tdi. Ular orasidan 45 nafar ishtirokchi tanlovning mamlakat bosqichida
qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. Tadbir doirasida yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi ham o‘tkazildi.
Unda Samarqand shahridagi o‘ttizga yaqin korxona va tashkilot uch yuzdan ortiq bo‘sh
va kvota ish o‘rinlarini taklif etdi. Viloyatdagi oliy o‘quv yurtlari va kasb-hunar
kollejlari bitiruvchilaridan 160 nafarga yaqini shu erning o‘zida korxonalar bilan
shartnoma tuzib, ishga yo‘llanma oldi
Комментариев нет:
Отправить комментарий