пятница, 20 сентября 2013 г.

Yapon talabalarining hayrati cheksiz

Yapon talabalarining hayrati cheksiz Samarqand davlat iqtisodiyot va servis institutida samarqandlik talabalarning yaponiyalik yoshlar bilan uchrashuvi o‘tkazildi. Yponiyaning turli oliy ta’lim muassasalarida tahsil oladigan bu yoshlar uchrashuv davomida o‘zlari o‘qiydigan oliygoh, istiqomat qiladigan shahar haqida ko‘rgazmali vositalar orqali so‘zlab berishdi.
O‘z navbatida samarqandlik talabalar ham tengdoshlariga mamlakatimiz milliy qadriyatlari, bayramlari, ta’lim tizimi xususida ma’lumot berdilar. Simpozium yakunida faol qatnashgan talabalar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, yoshlar Samarqandning tarixiy obidalari, diqqatga sazovor joylarini ham tomosha qildilar. – Samarqandga birinchi bor kelishim, – deydi yaponiyalik talaba Amami Nakagana. – Bu erdagi obod yo‘llar, ko‘rkam binolar, ayniqsa, tarixiy obidalar bizni hayratga soldi. Bu erning mehmondo‘st xalqi menga juda yoqdi. Imkonim bo‘lsa Samarqandga yana kelaman.

Комментариев нет:

Отправить комментарий