понедельник, 26 августа 2013 г.

Tanish ovozlar...

2013 – yil 26 – avgust kuni men uchun tarixiy kunlardan biriga aylandi. Chunki bugun men yoshligimdan eshtib katta bo’lgan ovoz sohiblari bilan uchrashuv uyushtirildi. Kecha men bizning media oromgohga sport muhbirlari: Mirzakarim To’xtamirzayev, Davron Fayziyev, Kamoliddin Alimov, Norbek Niyozov va Behzod Nazarovlar tashrif buyurishi eshtib juda xursand bo’lib ketdim va erta bo’lishini intiqlik bilan kuta boshladim.
Mana bugun soat 11:00 biz sport muxbirlari bilan uchrashuvga yig’ildik. Ular birin-ketin mashinadan tushishlari bilan hamma ortga o’girilib ularga qaray boshladi. Rostini aytganda men ulardan faqat Davron Fayziyev va Mirzahakim To’xtamizayevlarni tanir edim va aynan ular bilan bo’ladigan suhbatni kutayotgandim. Ular orasida eng yoshi ulug’ va tajribalisi Mirzahakim To’xtamirzayev kirib kelishi bilan so’z boshladi. Nafaqat men balki barcha futbolga qiziqadigan ishtirokchilarga ham bu ovoz begona emas edi. U kishi birinchi bor jurnalistikaga 1974 -  yil 14 yoshlarida “Lenin uchquni” gazetasi xodim bo’lib kirib kelgan ekanlar. Mehmonlar tanishtirilib o’tilganidan so’ng ularga savollar berish boshlandi. Savollar juda ham ko’p edi. Menga eng yoqqan va shaxsan o’zim ham bermoqchi bo’lgan savolni mendan oldin bir ishtirokchi berdi. Bu sizlar qaysi futbol jamoasi muxlisisizlar degan savol edi.
Birinchi bo’lib bu savolga Mirzahakim To’xtamirzayev shunday javob berdi: “Bilasizmi, avvalambor men Bunyodkor jamoasida ishlayman, lekin shunga qaramay men yoshligimdan Paxtakor klubi muxlisiman va muxlisi bo’lib ham qolaman. Jahon klublariga keladigan bo’lsak yoshligimdan Moskvaning ЦСКА jamoasiga muxlislik qilaman”.

Ikkinchi bo’lim mazkur savolga “Sport” telekanali muxbiri Davron Fayziyev: “ Men ham Mirzahakim akaga o’xshab yoshligimdan Paxtakor klubi muxlisiman. Jahonda esa Ispaniya chempionatini juda yaxshi ko’raman” deb javob qaytardi.
Uchinchi bo’lib “Paxtakor” klubi matbuot kotibi Behzod Nazarov: “ Avallambor men  Neftchi klubi muxlisiman. Chunki o’zim asli Farg’onalikman. Jahon klublaridan esa Ispaniyaning Real Madrid jamoasi ashaddiy muxlisiman” deb aytib o’tdi.

Rostini aytsam meni fikrimcha bizning mehmonlar aniq javobdan qochishdi. Chunki mehmonlardan ayrimalari aniq bir jamoani aytib o’tishmadi. Nima bo'lganda ham bu uchrashuv menda juda katta taassurot qoldirdi. Shu tariqa uchrashuv estalikka rasmga tushish bilan yakunlandi.





суббота, 24 августа 2013 г.

Dunyoni hayratda qoldirgan o'zbek qizaloq...





    18-20 avgust kunlari Ukrainaning Artekida bo’lib o’tgan “Детская Новая волна - 2013 Xalqaro yosh va mashhur ijrochilar musiqa tanlovi o’z nihoyasiga yetdi. Mazkur xalqaro tanlovda yurtimiz sharafini 13 yoshli Sabina Mustayeva himoya qildi.  11 mamlakatdan tashrif buyurgan 16 ta yosh vokal ijrochilari orasida 195 ball bilan u uchinchi o’rinni zabt etdi. Birinchi pog’onani ukrainalik 12 yoshli Sofiya Tarasova, ikkinchi o’rinni esa litvalik Paulina Skrabite va rossiyalik Diana Xitarovalar egallashdi. 
   Bu yil yosh ijrochilarning iste’dodini bastakor, Rossiya va Ukraina xalq artisti, Rossiya federatsiyasida xizmat ko’rsatgan san’at arbobi Igor Krutoy, Alessandro Safina, Konstantin Meladze, Ani Lorak, Irina Dubsova, Sergey Lazarev va Yuliya Savichevalar baholashdi. 13 yoshli toshkentlik Sabina Mustayeva  - “Istedodli bolalar - 2011” tanlovining Gran Pri sohibasi, shuningdek u “Yulduzli Krim” xalqaro tanlovida ham birinchi o’rinni egallagan, Estrada va akademik ijrochilik respublika tanlovi laureati, muziqa maktab o’quvchilari o’rtasida o’tkazilgan “Mardlar qo’riqlaydi vatanni” tanlovida Gran Pri soxibasi. Uning orzusi Bostondagi “Berklee College of music” kirib, jahon miqyosidagi qo’shiqchi bo’lish.  "Детская Новая волна2013” tanlovida ishtirok etish qarori uning o’ziga tegishli. O’zi haqida u shunday dedi: “Men avvalgi tanlovlarni ham kuzatganman, tanlovning musiqa formati menga tushunarli bo’ldi. Tanlovda o’z kuchimni sinab ko’rmoqchi bo’ldim. Men juda kichkinaligimdan musiqaga qiziqaman. Mening istetodimni buvam sezib qolganlar. Buvam professional musiqachi va saksafonchi. Orzuim ilk albomimni “Qo’shiq kuylayotgan qizcha…” deb nomlash”.



среда, 21 августа 2013 г.

Bo'stonga ilk qadamlar...
















"Sharq taronalari" fakt va raqamlarda


          Samarqand shahrida “ Sharq taronalari” IX Xalqaro musiqa Samarqand shahrida "Sharq taronalari” to‘qqizinchi Xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik ishlari so‘nggi bosqichga kirdi. Joriy yil ushbu nufuzli xalqaro madaniy tadbirda dunyoning oltmishga yaqin mamlakati vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. 

     Joriy yilda o‘tkaziladigan Sharq taronalari xalqaro musiqa festivalining ochilish marosimida yurtimiz va xorijdan 500 dan ortiq taniqli san’atkorlar, yigirmaga yaqin badiiy jamoalar hamda raqs guruhlari ishtirok etishadi. Xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan mehmonlarga Samarqand davlat chet tillari institutidan tanlab olingan 150 nafar gid-tarjimonlar xizmat ko‘rsatishadi. 1997 yilda o‘tkazilgan Sharq taronalari musiqa festivalida 31 mamlakat vakillari ishtirok etgan bo‘lsa, joriy yilda ularning soni 52 taga etdi. Festivalda taqdim etilgan dasturlarni dunyoning 11 ta davlatidan kelgan nufuzli hakamlar xay’ati a’zolari baxolab boradilar. Sharq taronalari musiqa anjumani ochilishi va uning faoliyatini o‘ttizga yaqin xorijiy va 200 dan ziyod mahalliy jurnalistlar yoritishadi. Festival doirasida tashkil etiladigan ilmiy amaliy konferensiyada yigirmaga yaqin sharq mamlakatlaridan o‘ttiz nafar soha mutaxassislari va san’atshunoslar ishtirok etishadi. Festival mehmonlari Samarqand shahrining "Regal palas”, "Diyora”, "Ideal”, "Nodir Samarqand”, "Ark Samarqand”, “Afrosiyob Palas”, “Registon Plaza”, “Registon” mehmonxonalarida joylashadilar. Musiqa anjumani ishtirokchilari viloyatimizning Samarqand, Oqdaryo, Pastdarg‘om, Jomboy tumanlari mehnatkashlari huzurida bo‘lib ular bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazishadi.
         Shahardagi ko‘cha va xiyobonlar, tadbirlar o‘tkaziladigan maskanlar, mehmonxonalarda keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Registon maydonida festivalning asosiy tadbirlari o‘tkaziladigan sahna va amfiteatr tashkil etildi. Samarqand shahrining markaziy ko‘chalari, xiyobon va maydonlar, festival tadbirlari o‘tadigan joylar zamonaviy tungi yoritish moslamalari bilan bezatilmoqda.
Xalqaro festival kunlarida Registon maydonida namoyish etish uchun shirinliklar, quruq mevalar, poliz mahsulotlari va mevalar, Samarqand nonlari, hunarmandchilik mahsulotlaridan iborat kompozitsiya tayyorlanmoqda. Ishtirokchilarning tuman va shaharlarda aholi bilan ijodiy uchrashuvlarini tashkil etish maqsadida Samarqand shahridagi "Mo‘jiza” amfiteatri, "Yoshlik” madaniyat va istirohat bog‘i, Samarqand pedagogika kollejining "Nihol” amfiteatri, 1-bolalar musiqa va san’at maktabi, Pastdarg‘om tumanidagi "Yoshlar” madaniyat va istirohat bog‘i, Oqdaryo tumanidagi "Qirqdarxon” mahalla markazi, Jomboy tumanidagi 10-bolalar musiqa va san’at maktabi, Samarqand tumanidagi "Obod turmush” mahalla markazida zarur shart-sharoitlar yaratildi. Festival doirasida "Sharq musiqa an’analari zamonaviy madaniyat tizimida” mavzusida ilmiy konferensiya o‘tkaziladi. Samarqanddagi tarixiy obidalar, ziyoratgohlar, muzeylar va istiqlol yillarida bunyod etilgan zamonaviy inshootlarga sayohatlar uyushtiriladi.

Shu maqsadda bayram tadbirlari o‘tadigan xududlarda, xususan, istirohat bog‘lari, madaniyat saroylari hamda o‘yingohlarda yong‘in o‘chirish takttik mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. Kuni kecha musiqa festivali bo‘lib o‘tadigan asosiy maydon, Registon ansamblida Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi raxbariyati, yong‘in o‘chirish tezkor shtabi xodimlari ishtirokida yong‘in o‘chirish taktik mashg‘uloti o‘tkazildi. Unda har bir hududning texnik va taktik harakteri, xususiyatlari, yong‘inga bardoshliligi o‘rganib chiqildi. Favfqulotda sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etish maqsadida tezkor yong‘in o‘chirish shtabi buyrug‘i bilan Samarqand shahridan 1 chi, 3 chi hamda 9 chi harbiylashgan yong‘in o‘chirish jangovor ekipajlari chaqirilib, shaxsiy tarkib jangovorligi, bilim va ko‘nikmalari yana bir bor sinovdan o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida sodir bo‘lgan yong‘indan jabrlanganlarni qutqarish va ularga tez-tibbiy yordam ko‘rsatish kabi amaliy tadbirlar ham o‘tkazildi. Mashg‘ulot yakunida erishilgan yutuqlar, ko‘rsatgichlar muhokama etilib, zarur ko‘rsatmalar berildi.

пятница, 2 августа 2013 г.

'Sharq taronalari" IX festivalida 60 ga yaqin mamlakat san'atkorlari qatnashadi



    2013-yil 25-30 – avgust kunlari Samarqand shahrida o’tkaziladigan “Sharq taronalari” IX xalqaro  musiqa festivaliga 60 ga yaqin mamlakat san’atkorlari ishtirok etadi. “Sharq taronalari” IX xalqaro musiqa festivali ijrochi direktori To’rabek Mahmudov so’zlariga ko’ra, 1997 – yildan buyon Samarqandda har ikki yilda muntazam o’tkazib kelinayotgan mazkur musiqa anjumanining qamrovi va qatnashchilari safi tobora kengayib bormoqda. Agar dastlabki festivalda 31 mamlakat vakillari qatnashgan bo’lsa, bu yil ularning soni 60 ga yaqinlashdi. Hozirda ushbu festival mehmonlarini kutib olish va konsert dasturlarini yuqori saviyada o’tkazish bilan bog’liq tashkiliy ishlar yakunlanmoqda. Unda O’zbekiston nomidan ishtirok etadigan yurtimiz san’atkorlari, folklore va xoreografik ansambllari festivalga qizg’in hozirlik ko’rishmoqda. Festival doirasida “Sharq musiqa an’analari zamonaviy madaniyat tizimida” mavzusida ilmiy konferensiya ham o’tkaziladi.