понедельник, 29 июля 2013 г.

Samarqandda rekord darajadagi jazirama qayd etildi

    2013 - yil 27 - iyul kuni Samarqand va Termiz viloyatlarida issiq harorat 1992 - yildagi rekordni yangiladi. O'zgidromet ma'lumotlariga ko'ra, shu kuni Samarqandda kunduzi 40,8 daraja, Temizda esa 44,3 daraja issiqni tashkil etgan.
     Ko'p yillik kuzatuvlar natijasiga ko'ra, ushbu shaharlarda 27 iyul sanasida 1992 - yil eng yuqori harorat - mos ravishda 43,6 va 38 darajani ko'rsatgan. e'tiborli tomoni, 27 iyul kuni Toshkentda harorat 40,4 daraja issiqni ko'rsatdi va avvalgi rekordni yangilamadi. 1881 - yilining shu kunida poytaxtimizda 41,2 daraja issiq bo'lgan edi.  2013 - yilninng 25 iyul kuni shuningdek yurtimizning eng hududi - Nukus shahrida 42,4 daraja bo'lgani va 1984 - yilgi +40,8 ni yangilagani xabar qilingandi. Samarqandda 26 - iyul kuni eng yuqori harorat 39,1 darajani ko'rsatdi va 1961 - yildagi +37,6 haroratni yangiladi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий