Samarqand azaldan musiqa san'ati
yuksak darajada tariqqiy etgan maskan sifatida ta'rifu tavsif etilgan. Shahar
yaqinidagi Mo'minobod qishlog'idan 3000 yillik noyob nay musiqa asbobining
topilishi, Temur va temuriylar davrida bu yerda ko'plab musiqiy anjumanlar
o'tkazilgani ham fikrimiz dalilidir.
Oradan bir necha asrlar o'tib Sharq mumtoz musiqa san'atining markazi
yana azim shaharlar javoxiri - Samarqandga ko'chdi. To'g'rirog'i, Prezidentimiz
Islom Karimov tashabbusi bilan 1997-yildan buyon har ikki yilda bir marotaba o’tkazib
kelinayotgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali milliy va umuminsoniy
qadriyatlarni asrab-avaylash va targ’ib etishga, turli xalqlar, millatlar o’rtasida
do’stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga, o’zbek milliy musiqa san’ati
shuxratini yanada yuksaltirishga munosib xizmat qilmoqda. Ushbu xalqaro musiqa
festivali sharqona ma’no-mazmun, betakror ruhi va qiyofasi bilan dunyodagi ko’plab
boshqa san’at va musiqa festivallaridan ajralib turadi.
Har ikki yilda o'tkazib kelinayotgan ushbu
festivalning nufuzi tobora ortib bormoqda. Keyingi yillarda unda nafaqat Sharq,
balki boshqa mintaqalarning 50 dan ortiq san'at ustalari ishtirok etmoqda. Shuningdek, Vatanimiz iste'dodli musiqa ustalari
o'zlarining betakror chiqishi, ijrosi, jarangdor ovozi ila dunyo xalqlari
hayrati, havasi va e'tirofiga sazovor bo'lib kelmoqda.
"Sharq taronalari" Xalqaro musiqa festivali xronologiyasi:
1-"Sharq taronalari" XMF, 1997-yil.
2-"Sharq taronalari" XMF, 1999-yil.
3-"Sharq taronalari" XMF, 2001-yil.
4-"Sharq taronalari" XMF, 2003-yil.
5-"Sharq taronalari" XMF, 2005-yil.
6-"Sharq taronalari" XMF, 2007-yil.
7-"Sharq taronalari" XMF, 2009-yil.
8-"Sharq taronalari" XMF, 2011-yil.
9-“Sharq taronalari” XMF, 2013-yil.
Комментариев нет:
Отправить комментарий