To’qqizinchi bor o’tkaziladigan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga joriy yil har galgidanda qizg’in hozirlik ko’rilmoqda. Jumladan, asosiy sahna chiqishlariga yurtimizning ko’zga ko’ringan rejissyorlari, san’at va raqs ustalari munosib tayyorlanmoqdalar.
“Sharq taronalari” 9-xalqaro musiqa
festivaliga qizg’in tayyorgarlik ko’rilmoqda. Festivalning ochilish
marosimidagi dasturidan asosan o’zbek klasskik hamda folklyor etnografik yo’nalishidagi
badiiy chiqishlar o’rin olgan. Festivalning ochilish marosimidagi jozibali raqslarni Toshkent, Navoiy,
Farg’ona va Samarqand xoreografiya maktabi raqqosalari ijro etishadi. Sug’diyona
milliy raqs ansambli a’zolari bu yilgi festivalda 3 – marotaba ishtirok
etishadi. Ansambl a’zosi Charos Ibragimovaning so’zlariga ko’ra festivalning
nufuzi va raqs yo’nalishlari yildan yilga boyib bormoqda. Ansambl a’zolari
viloyat konsert zalida festivalning asosiy sahna chiqishlariga tayyorgarlik ko’rishmoqda.
Bu yil Mukaramma Turg’unboyevaning 100
yilligiga bag’ishlab Samarqand bahori raqsi mexmonlar e’tiboriga xavola
etiladi. Ushbu raqsda o’zbek xalqining
milliy urf-odatlari, to’y marosimlari sahnada gavdalantiriladi. Bugun
festivalga tayyorgarlikni raqqosa qizlar bir zum bo’lsada to’xtatmasdan bor
mahoratlarini ishga slogan holda olib borishmoqda. Har bir raqsdagi
harakatlarni ansambl raxbari Feruza Axatova boshqarib bormoqda. 16 nafar
raqqosalar 30 dan ziyod, milliy yo’nalishdagi tinchlik, istiqlolni tarannum
etuvchi qo’shiqlarga raqsga tushishadi. Ayni kunlarda Xamid Olimjon nomidagi
viloyat musiqali drama teatri, viloyat konsert zali hamda Registon maydonlarida
“Sharq taronarlari” ga tayyorgarlik ishlari qizg’in olib borilmoqda.