Xalqaro
dzyudo federatsiyasining maxsus yoshlar bilan ishlash dasturi ishlab chiqilgan.
Har yili ushbu dastur ijrosi biron bir mamlakatda amalga oshiriladi. Joriy yil xalqaro
dzyudo fedaratsiyasi mahorat mashg‘ulotlarini O‘zbekistonda tashkil etishga qaror
qildi. Bunga faqat birgina izoh bo‘lishi mumkin.
U xam bulsa
ushbu sport turining yurtimizda jadallik bilan rivojlanayotgani va sportchilarimizning
xalkaro maydonlarda erishayotgan natijalaridir. Dastur asosida nafakat dzyudoning
ommaviyligi ta’minlanmokda, balki yosh avlod vakillarining xam jisman, xam ma’nan
barkamol avlod bulib voyaga etishlari ta’minlanayapti. Xalkaro dzyudo federatsiyasi
mutassadilari va xodimlari bilan bir katorda Samarkandga O’zbekiston dzyudo fedaratsiyasi
raisi Armen Bogdasarov xamda mamlakatimiz terma jamoasining etakchi a’zolari xam
tashrif buyurishdi. Olimpiada uyinlari sovrindori va ikki karra jaxon chempioni
Rishod Sobirov xam shular jumlasidan. 2011 yilda dzyudo buyicha jaxonda eng kuchli
sportchi deya e’tirof etilgan xamyurtimiz tomonidan maxorat darslarining utilishi
yoshlar kalbida chempionlik ruxiyatini uygotgan bulsa ajabmas. Maxorat darslari
davomida yoshlarga mutaxassislar tomonidan nafakat jismoniy tayyorgarlik balki ruxiyat
bilan boglik jixatlar xususida xam tushunchalar berildi. Kelajak avlod vakillarining
bu boradagi karashlari urganildi. Master klass amaliy va nazariy mashklarga boy
buldi.
Muxammad
Merija; Xalkaro dzyudo federatsiyasining ta’lim tarbiya
berish masalalari buyicha direktori:- Yoshlarga ta’lim tarbiya berish jarayonida
kelajak avlod vakillariga maxorat mashgulotlarini jaxon va osiyo chempionlari utkazishiga
aloxida e’tibor karatganmiz va ular albatta maxalliy sportchilar bulishi kerak.
Mazkur jarayonlar orkali yoshlarning sportga muxabbatini yanada oshiramiz. Maxorat
darslaridan kurinib turibdi sportchilaringizda xar bir mashkni mukammal uzlashtirishga
bulgan intilish juda yukori. O’zbekistonda Abdulla Tangriev, Rishod Sobirov kabi
jaxon chempionlarining kamol topganligi shu jixat bilan xam izoxlansa kerak. Xalkaro
dzyudo federatsiyasining maxorat darslari Respublikamizning Buxoro va Samarkand
viloyatlarida tashkil etildi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий