O‘zbekiston "Adolat” SDP Samarqand
viloyat Kengashi tomonidan ko‘rsatilayotgan moliyaviy ko‘maklar viloyatimizning
chekka va tog‘ qishloqlarida yashovchi aholining ijtimoiy ahvolini yaxshilashga
xizmat qilmoqda.
– Yurtimizda energiya tejamkorligini amalga oshirish, ekologik
toza, qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan foydalanishga alohida e’tibor qaratilayapti,
– deydi Urgut tumani Qoratepa qishloq fuqarolar yig‘ini raisi Murod Rahmonov. –
Ayniqsa, jamiyatimizning asosiy kuchi bo‘lgan siyosiy partiyalarning bu kabi ishlarga
bosh qo‘shayotgani samarali bo‘lmoqda. Jumladan, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi
ko‘magi bilan Qoratepa qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Zohida Elmurodova xonadoniga
1500 Vt kuchga ega bo‘lgan quyosh batareyasi o‘rnatib berildi. Bu arzon va qulay elektr manbai
. Elmurodovaning to‘kis ro‘zg‘or tebratishi uchun qator qulayliklar yaratdi. Natijada
hamqishloqlarimiz orasida ko‘pchilik ushbu partiya vakillari bilan o‘zaro hamkorlik
qilishga qaror qilishdi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий