понедельник, 21 октября 2013 г.

Style.uz mehmonlari ko'hna Samarqandda

"O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi tomonidan "O‘zbekkino” milliy agentligi ko‘magida Style.uz San’at haftaligi doirasida joriy yilning 19-24 oktyabr kunlari "Oltin gepard” uchinchi Toshkent xalqaro kinoforumi o‘tkazilmoqda.

Kinoforumning nufuzli komissiyasi a’zolari xorijlik ekspertlar ishtirokida 500 dan ortiq to‘liq va qisqa metrajli hamda animatsion filmlarni ko‘rib chiqib, saralab olishdi. Kinoforum ishtirokchilarining bir guruhi Samarqand shahriga tashrif buyurishdi. Tashrif doirasida Samarqand kinoteatrida "Poyga” filmining premerasi ham o‘tkazildi.