вторник, 30 июля 2013 г.

Raqslar jilosi "Sharq taronalari"da


Toqqizinchi bor otkaziladigan Sharq taronalarixalqaro musiqa festivaliga joriy yil har galgidanda qizgin hozirlik korilmoqda. Jumladan, asosiy sahna chiqishlariga yurtimizning kozga koringan rejissyorlari, sanat va raqs ustalari munosib tayyorlanmoqdalar.
“Sharq taronalari” 9-xalqaro musiqa festivaliga qizg’in tayyorgarlik ko’rilmoqda. Festivalning ochilish marosimidagi dasturidan asosan o’zbek klasskik hamda folklyor etnografik yo’nalishidagi badiiy chiqishlar o’rin olgan. Festivalning ochilish marosimidagi jozibali raqslarni Toshkent, Navoiy, Farg’ona va Samarqand xoreografiya maktabi raqqosalari ijro etishadi. Sug’diyona milliy raqs ansambli a’zolari bu yilgi festivalda 3 – marotaba ishtirok etishadi. Ansambl a’zosi Charos Ibragimovaning so’zlariga ko’ra festivalning nufuzi va raqs yo’nalishlari yildan yilga boyib bormoqda. Ansambl a’zolari viloyat konsert zalida festivalning asosiy sahna chiqishlariga tayyorgarlik ko’rishmoqda.  Bu yil Mukaramma Turg’unboyevaning 100 yilligiga bag’ishlab Samarqand bahori raqsi mexmonlar e’tiboriga xavola etiladi.   Ushbu raqsda o’zbek xalqining milliy urf-odatlari, to’y marosimlari sahnada gavdalantiriladi. Bugun festivalga tayyorgarlikni raqqosa qizlar bir zum bo’lsada to’xtatmasdan bor mahoratlarini ishga slogan holda olib borishmoqda. Har bir raqsdagi harakatlarni ansambl raxbari Feruza Axatova boshqarib bormoqda. 16 nafar raqqosalar 30 dan ziyod, milliy yo’nalishdagi tinchlik, istiqlolni tarannum etuvchi qo’shiqlarga raqsga tushishadi. Ayni kunlarda Xamid Olimjon nomidagi viloyat musiqali drama teatri, viloyat konsert zali hamda Registon maydonlarida “Sharq taronarlari” ga tayyorgarlik ishlari qizg’in olib borilmoqda.


понедельник, 29 июля 2013 г.

Samarqandda rekord darajadagi jazirama qayd etildi

    2013 - yil 27 - iyul kuni Samarqand va Termiz viloyatlarida issiq harorat 1992 - yildagi rekordni yangiladi. O'zgidromet ma'lumotlariga ko'ra, shu kuni Samarqandda kunduzi 40,8 daraja, Temizda esa 44,3 daraja issiqni tashkil etgan.
     Ko'p yillik kuzatuvlar natijasiga ko'ra, ushbu shaharlarda 27 iyul sanasida 1992 - yil eng yuqori harorat - mos ravishda 43,6 va 38 darajani ko'rsatgan. e'tiborli tomoni, 27 iyul kuni Toshkentda harorat 40,4 daraja issiqni ko'rsatdi va avvalgi rekordni yangilamadi. 1881 - yilining shu kunida poytaxtimizda 41,2 daraja issiq bo'lgan edi.  2013 - yilninng 25 iyul kuni shuningdek yurtimizning eng hududi - Nukus shahrida 42,4 daraja bo'lgani va 1984 - yilgi +40,8 ni yangilagani xabar qilingandi. Samarqandda 26 - iyul kuni eng yuqori harorat 39,1 darajani ko'rsatdi va 1961 - yildagi +37,6 haroratni yangiladi.

четверг, 25 июля 2013 г.

"Ezgulik, tinchlik, do'stlik festivali"


Samarqand azaldan musiqa san'ati yuksak darajada tariqqiy etgan maskan sifatida ta'rifu tavsif etilgan. Shahar yaqinidagi Mo'minobod qishlog'idan 3000 yillik noyob nay musiqa asbobining topilishi, Temur va temuriylar davrida bu yerda ko'plab musiqiy anjumanlar o'tkazilgani ham fikrimiz dalilidir.

   Oradan bir necha asrlar o'tib Sharq mumtoz musiqa san'atining markazi yana azim shaharlar javoxiri - Samarqandga ko'chdi. To'g'rirog'i, Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 1997-yildan buyon har ikki yilda bir marotaba o’tkazib kelinayotgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash va targ’ib etishga, turli xalqlar, millatlar o’rtasida do’stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga, o’zbek milliy musiqa san’ati shuxratini yanada yuksaltirishga munosib xizmat qilmoqda. Ushbu xalqaro musiqa festivali sharqona ma’no-mazmun, betakror ruhi va qiyofasi bilan dunyodagi ko’plab boshqa san’at va musiqa festivallaridan ajralib turadi.

 Har ikki yilda o'tkazib kelinayotgan ushbu festivalning nufuzi tobora ortib bormoqda. Keyingi yillarda unda nafaqat Sharq, balki boshqa mintaqalarning 50 dan ortiq san'at ustalari ishtirok etmoqda.  Shuningdek, Vatanimiz iste'dodli musiqa ustalari o'zlarining betakror chiqishi, ijrosi, jarangdor ovozi ila dunyo xalqlari hayrati, havasi va e'tirofiga sazovor bo'lib kelmoqda.

"Sharq taronalari" Xalqaro musiqa festivali xronologiyasi:

1-"Sharq taronalari" XMF,  1997-yil.
2-"Sharq taronalari" XMF,  1999-yil.
3-"Sharq taronalari" XMF,  2001-yil.
4-"Sharq taronalari" XMF,  2003-yil.
5-"Sharq taronalari" XMF,  2005-yil.
6-"Sharq taronalari" XMF,  2007-yil.
7-"Sharq taronalari" XMF,  2009-yil.
8-"Sharq taronalari" XMF,  2011-yil.
9-“Sharq taronalari” XMF, 2013-yil.



вторник, 23 июля 2013 г.

"Танец посвященный памяти Мукаррам Тургунбаевой"


     Больше месяца осталось до самого ожидаемого праздника музыки — традиционного Международного фестиваля «Шарк тароналари», который состоится в Самарканде 25-30 августа нынешнего года. И уже сегодня полным ходом идет подготовка к этому большому событию.
   В большом зале областного театра музыки и драмы им.Х.Алимджана ежедневно с раннего утра начинается репетиция основного музыкального номера. Коллективы с различных танцевальных школ регионов республики под руководством главного балетмейстера фестиваля Равшаной Шариповой тщательно осваивают каждое движение и комбинацию, отрабатывают технологию исполнения танцев. Здесь девушки разрабатывают темпоритм, скорость, меняя сами движения в другом рисунке, ракурсе, ориентируясь в пространстве сценической площадки.
      Дильдора Асророва - участница столичной танцевальной группы «Навруз». Ей посчастливилось участвовать в фестивале «Шарк тароналари» уже в третий раз. По ее утверждению, с каждым годом растут масштабы фестиваля. А программа становится все более интересной. «Здесь мы познакомились с нашими коллегами из Самарканда, Ферганы, Зарафшана, Навои, - говорит Дильдора. - Интересно узнать некоторые особенности их танцев, обычаев и традиций. Все это разучиваем в танцах».
    130 девушек из различных областных хореографических школ работают над постановкой основного номера. Для Фериде Сейтметовой выступление в подобном масштабном мероприятии тоже не в первый раз. Но, как признается девушка, это всегда новые эмоции, новые знакомые, а главное, бесценный опыт.
        Как поделилась с нами главный балетмейстер Равшаной Шарипова, одной из изюминок на фестивале станет танец «Весна Самарканда», посвященный памяти выдающейся узбекской танцовщицы Мукаррамы Тургунбаевой, которой в этом году исполнилось бы 100 лет. Танец расскажет об обычаях и традициях узбекской свадьбы.

"Samarqand - ob'yektivda"


Imom Al-Buxoriy madrasasi

Registon

Guri Amir


Nodir Devonbegi Madrasasi 


Mirzo Ulug'bek observatoriyasi




Ruhobod madrasasi 

Shohi Zinda maqbarasi 

 Xazrati Xizr maqbarasi 

Xo'ja Doniyor 

Siyob bozori

Registon plaza(Prezident) mehmonxodasi

Samarqand xalqaro aeroporti

Samarqand vokzali

Afrasiyob mehmonxonasi
Toshkent ko'chasi


Aqua park Afsona

Xotira maydoni

“Yagonasan, muqaddas Vatan!”


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 –yil 7 – apreldagi “Yagonasan muqaddas Vatan!” ko’rik-tanlovini o’tkazish haqidagi qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash va oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
   Vatan haqidagi teran mazmunli, badiiy jihatdan yaxshi qo’shiqlarni yaratish hamda yosh ijodkorlarni qo’llab-quvvatlash, shuningdek mustaqilligimizning 22 yilligini ko’tarinki ruxda kutib olish maqsadida qator tashkilotlar hamkorligida Axror Jo’rayev nomidagi Davlat Qo’g’irchoq teatrida “Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko’rik-tanlovining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi.


суббота, 20 июля 2013 г.

“G’arbda Rim, Sharqda Samarqand”


Shaxrimizdagi Afrasiyob muzeyida bugungu kunda 20 mingdan ortiq noyob topilmalar saqlanmoqda. Ular orasida ko’p asrlik tarixga ega eksponatlar va tarixiy ashyolar o’rin olgan. Jahon sivilizatsiyasining Qadimiy o’choqlaridan biri, yer yuzining sayqali nomini olgan Samarqand mustaqil O’zbekistonning yirik iqtisodiy va ilmiy-madaniy markazlaridan biri hisoblanadi. Samarqand juda boy va qadimiy tarixga ega.

среда, 17 июля 2013 г.

"Milliy tiklanish sovrini uchun"

Президентимиз Ислом Каримов раҳнамолигида ёш авлодни ҳар томонлама соғлом ва баркамол инсонлар этиб вояга етказиш, уларнинг жисмоний тарбия ва спорт билан шуғулланиши учун зарур шароитларни яратишга алоҳида эътибор қаратилмоқда.

Ўзбексистон миллий тикланиш демократик партияси Самарқанд вилоят кенгаши ва қатор ташкилотлар ҳамкорлигида "Миллий тикланиш соврини учун” шиори остида Оқдарё туманида ўсмирлар ва қизлар ўртасида спортнинг стол тенниси бўйича вилоят очиқ турнири бўлиб ўтди.

понедельник, 8 июля 2013 г.

Registon maydoni "Lochin' oromgohi bir bo'lagi

Samarqanddan  tahminan 200 kmlar uzoqda o'tayotgan 7- kun ham oxirlab qoldi. To'g'isni aytsam uyga bo'lgan sog'inch bugundan boshlandi. Samarqandim havosi, suvi va albatta samarqand noninni ko'ngil qo'msay boshladi. Lekin bu yerda ham Samarqandning bir bo'lagi borday. Buning isboti "Lochin" oromgohida qad ko'tarib turgan Registon majmuasidir. Har bir bor shu maket oldidan o'tar ekanman, ich-ichimdan boshqacha hissiyotlar o'tadi va bevosita ona shahrim - Samarqand esimga tushadi. Samarqand yuragi hisoblangan Registonning 3 ta madrasasi o'zgacha ko'rinishda oromgoh darvozasi oldida ya'ni oromgohning bowida joylashib, oromgoh ko'rkiga ko'rk qo'shib turibdi. Men bundan juda faxrlanib ketdim.

суббота, 6 июля 2013 г.

2012-yil 16-avgust

Va nihoyat men kutgan kun ham yetib keldi. Men bu kunni 4 yil sabr bilan kutdim. 2012 - yil 16-avgusta bu o'wa kun bo'lib chiqdi. 15 - avgust kuni biz do'stlarim bilan Samarqand markaziy o'yingohi Dinamo stadioniga Uzbekiston-Eron yoshlari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuviga borishni keliwib oldi. O'yin soat 17:00 da bowlandi. O'yin biznikilarning g'alabisi bilan tugadi.(3:1). G'alabani nishonlash  maqsadida biz do'stlarim bilan restoranga borishga qaror qildik. Yo'lda meni qo'l telefonim jiringlab qoldi va o'sha men 4 yil kutgan so'z "Sen student bo'ding deb" tabriklashdi. Men bir necha daqiqa o'zimni yo'qotib qo'ydim. Bu gapga birinchi ishonmadim va to'la ishonch xosil qilish maqsadida keyingi kun ertalabdan institut tomon shoshildim. Institut darvozasi oldiga yaqinlashganim sari ichimda qandaydir qorqinch paydo bo'la boshladi. Jadvalda o'z to'plagan ballarimni ko'rib hayajonim ancha bosilda. Oxiri men baribri oldimga qo'ygan maqsadimga yetgan edim.